HIMOYA ULOVIM

Himoya bo‘yicha yordam

Texnik yordam va maxfiylik bo‘yicha murojaat:

acedevcom@gmail.com

Murojaatda xato matni, kengaytma versiyasi va kompyuteringizning Himoyadagi nomini yozing. Parol, taklif kodi, karta ma’lumoti yoki to‘liq maxfiy xatni yubormang.

Kompyuter oldin ulangan bo‘lsa

Boshqa smenadagi xodim shu Chrome profilidan foydalansa, mavjud Himoyada o‘z xodim hisobiga kiradi. Kompyuterni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish kerak emas.

Joy band deb chiqsa

Xaritadagi band joyni bosing: unga biriktirilgan kompyuter va mas’ul ko‘rinadi. Yangi kompyuter uchun bo‘sh joyni tanlang. Tasdiq kutayotgan o‘rnatmada “Boshqa ish joyini tanlash” orqali joyni tuzatish mumkin. Tasdiqlangan qurilmaning joyini administrator boshqaradi.

Havola ochilmayaptimi?

Himoyada xodim hisobingizga kirganingizni va qurilma tasdiqlanganini tekshiring. Gmail sahifasini yangilang. Xavfli, karantindagi yoki tekshirilmagan havolani himoyani o‘chirib ochmang; administratorga xato matni va hodisa vaqtini bering.

Gmail serverga ulanganmi?

Gmail’dagi Himoya qatori pochta tekshiruvi holatini ko‘rsatadi. “Pochta serverga ulanmagan” bo‘lsa, administrator pochta egasining Google ruxsatini ulashi kerak. Kengaytmaga kirish bu ruxsatni avtomatik bermaydi.

Yangilanishlar

Chrome Web Store versiyasi tasdiqlanib o‘rnatilgach, keyingi tasdiqlangan versiyalarni Chrome avtomatik oladi. Hozirgi ZIP orqali o‘rnatilgan nusxa do‘kon nusxasiga avtomatik aylanmaydi. Bir martalik ko‘chirishni IT administrator bilan bajaring; tayyor bo‘lmaguncha mavjud nusxani o‘chirmang.